O‘QUV-USLUBIY BO‘LIM



O‘quv-uslubiy bo‘lim Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida o‘quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tuzilma bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa me’yoriy hujjatlariga, institut Nizomiga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradi


Maqsad va vazifalari:


• Ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tarkibiy tuzilmalari faoliyati va o‘quv jarayonini tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida o‘z faoliyatini amalga oshirish;


• Institutda o‘quv jarayonining uslubiy asoslarini shakllantirish va uni amalda tatbiq etilishini tashkil qilish;


• Institut fakultet va kafedralarining o‘quv, o‘quvuslubiy ishlarni muvofiqlashtirish;


• O‘quv jarayonini boshqarishga oid me’yoriy - uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirib borish;


• Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarning o‘quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;


• Fakultet va bo‘lim uslubchilari uchun o‘quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda uslubiy yordam ko’rsatish;


• Institutning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda yangi ilmiy pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni qo‘llashni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish.