“Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi

ARABOV ILYOS ISMATOVICH

Ilmiy darajasi va unvoni:Dotsent


Lavozimi: Kafedrasi mudiri


Qabul vaqtlari: Har ish kuni (10.00 – 12.00)


Tel.: +998 90 948-05-06


E-mail: ilyos_arabov@mail.ru






DJAMPULATOVA NIGORA MAHMUDOVNA

Lavozimi:O'qituvchiQabul vaqtlari:Dushanba- payshanba

Tel.: +998 97 187 50 00Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

NURMATOVA SEVARA XAYRULLAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:DotsentQabul vaqtlari:Dushanba- juma

Tel.: +998 90 121 91 34Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

RAXMONOVA SAYYORA RAJABOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi: Katta o‘qituvchiQabul vaqtlari:Chorshanba-juma

Tel.: +998 90 021 27 81Dars beradigan fanlariO‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Mumtoz she’riyat asoslari, Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2020 yil 2 sentabrdagi 536-son qarori asosida yangi institut ish faoliyatini boshladi.

Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib madaniyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

2023-2024 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 25.75 stavkani tashkil etadi (shu shtatlarda jami 30 nafar pedagog ishlaydi), shundan 17.0 shtat asosiy, 2,75 shtat o‘rindoshlik asosida, jo’rnavozlik shtati esa 6.0 tashkil etadi.

- professor – 4 nafar (3 nafar erkak, 1 nafar ayol);

- dotsent – 9 nafar (7 nafar erkak, 2 nafar ayol);

- katta o‘qituvchi – 2 nafar (2 nafar ayol);

- o‘qituvchilar – 7 nafar (5 nafar erkak, 2 nafar ayol).

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi.

Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 65%ni tashkil etadi.

“Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi tarixiga bir nazar

Bizning kafedramizga 1972 yilda “Sharq musiqasi” kafedrasi nomi bilan asos solingan bo‘lib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Fayzulla Muzffarovich Karomatov tashabbuskorligi va rahbarligida tashkil etilgan. Hozirgi kunga kelib “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi deb nomlanib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Kafedraning birdan-bir maqsadi maqsadi – asrlar osha ota bobolarimizdan bizning davrimizgacha meros bo‘lib kelgan maqomlarni, xalq va mumtoz bastakorlarimiz ijodlariga mansub – musiqiy durdona asarlarni o‘rganishga va yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalashga qaratilgan. Dastlab yosh avlodga saboq berish uchun milliy musiqa ijrochiligi tarixida o‘chmas nom, qoldirgan zabardast maqomdon ustozlar taklif qilingan, ular – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Faxriddin Sodiqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Risqi Rajabiy, To‘ychi Inog‘omov, Mahmudjon Muxammedov, san’atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabov, professor Sulaymon Taxalov, ustoz sozanda Hamidjon Jalolov, shuningdek filologiya fanlari nomzodi, professor Zokirjon Oripov, dotsent Ziyodullo Nasrullayev singari ustozlar shular jumlasidandir.

O’z paytida an’analarni davom ettirib kafedraga san’atshunoslik fanlari nomzodi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Otanazar Matyoqubov rahbarlik qildi. Shu yillardan boshlab kafedra safi yanada ortib bordi. Masalan, O‘zbekiston xalq artistlari Turg‘un Alimatov, Orif Alimaxsumov, Saodat Qobulova, O‘lmas Rasulov, Abduxoshim Ismoilov, Munojot Yo‘lchieva, O‘zbekiston xalq hofizi Fattohxon Mamadaliyev, Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Nabiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rahmatjon Qurbonov, Shavkat Mirzayev, dotsent Abdurahim Xamidov ishga taklif etildilar.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalar qatori milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish ishlariga katta ahamiyat berildi. Jumladan, Respublikamizning viloyatlarida mavjud musiqa, sanat va madaniyat kollejlarida milliy musiqa ijrochilarini tayyorlaydigan - "An’anaviy ijrochilik" bo‘limlari alohida faoliyat boshladilar.

Shu munosabat bilan “An’anaviy ijrochilik” kafedrasining nufuzi yildan-yilga yanada oshib borardi. Kafedraga ko‘plab yetuk san’atkorlar, tajribali sozanda va xonanda pedagoglar jalb etildi. O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, O’zbekiston xalq hofizlari Orifxon Hatamov, Quvondiq Iskandarov, Mahmudjon Tojiboyev, Soyib Niyozov, professorlar Matnazar Xudoynazarov, Abdulla Umarov, Botir Matyoqubov, Siyibjon Begmatov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Malikaxon Ziyayeva, Komila Bo’riyeva, Mashrab Ermatov, Erkin Ro’zimatov, Abdurahmon Xoltojiyev, Ahmadjon Dadayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘satgan madaniyat xodimi Matrasul Matyoqubov, dotsenlar. Raxmatinla Samadov, Axmadjkon Sobirov, Iqbol Toshpulatova, Shomahmud Shorahmedov, Saloxidii Azizboev, Nabijon Qodirov, Muhabbat Solihova, Katka, Ukiuvchilar Ozod (Ikrom) Ibroximov, Muxammadjon Maraximov, Xiroj Bakaev, oduazimov, Maxfuza Karimova, Xurshid Orinov, Abror Zufarov, Abduqahhor Jalilov, Ravshan Abduazimov, Roza Xaydarova, o‘kituvchilar Muhammadjon Mamatkulov, Shavkat Matyoqubov, Nodir Zokirov, Mansur Vonsov, Nodira Pirmatova, Zebixon Abduyusupova, Alijon Juraev shular jumlasidandir.

2021-yil bu kafedra “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi nomi bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida o‘z faoliyatini boshladi. Kafedra tarkibida tajribali professor-o‘qituvchilar ishlab kelishmoqda.


Bakalavrda:


- Maqom cholg‘u ijrochiligi

- Ansambl sinfi

- Qo‘shimcha cholg‘u o‘rganish

- Cholg‘u sozini o‘rganish

- An'anaviy cholg‘ularda ijrichilikni o‘qitish uslubiyopti

- Ansambl bilan ishlash uslubiyoti (an'anaviy cholg‘u)

- Milliy sozlarda ijrochilik san'ati, Cholg‘u ijrochiligi asoslari


Magistraturada:


- An'anaviy cholg‘ularda ijrochilik mahorati

- Cholg‘u ansambl mahorati

- An'anaviy cholg‘ularda ijrochilik asoslari

Kafedra talabalari Respublika hamda horijda bo’lib o’tadigan ko’plab tadbirlar, ko’rik tanlovlar va ijodiy safarlarda faol qatnashishadi. Masalan: “Nihol”, “Zulfiya”, “Mard o’g’lon”. Bulardan “Nihol” va “Zulfiya” davlat mukofoti sovrindori Vasilisa Naypak.

Ko‘plab davlatlar miqyosida bo’lib o’tadigan “Mustaqillik”, “Navro’z”, “Sharq taronalari” kabi tadbirlarda talabalar o’z san’atlarini namoyish etishadi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, professor Malikaxon Ziyayeva rahbarligidagi “Shukrona” professional dutorchilar ansambli ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.