Tillar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18- yanvardagi “2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘i va ushbu buyruq bilan tasdqilangan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasi 26/9 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “O‘zbek maqomi, tarixi va nazariyasi” kafedrasi tomonidan ana’anaviy tarzda “Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad milliy musiqa san’ati, maqom ijrochiligi bo‘yicha bajarilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan fikr almashish, respublikamizdagi yosh maqomshumos tadqiqotchi talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, ijrochilik maktablari yirik namoyondalarining ijrochilik uslublari yuzasidan fikr almashishdan iborat.
Ushbu ilmiy amaliy konferensiyaga 50 nafardan ortiq turdosh oliy ta’lim muassasalaridan talabalar ishtirok etdi.
“YOSH MAQOMSHUNOSLAR MINBARI” respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy ilmiy natijalari, xulosalar va saralab olingan eng yaxshi maqolalar jamlangan “Maqolalar to‘plam”i nashr ettirilgan bo‘lib, barcha konferensiya ishtirokchilari va faxriy mehmonlarga sovg‘a qilindi. Anjuman so‘ngida har bir ishtirokchi Yunus rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tomonidan sertifikat va konferensiya tashkiliy qo‘mitasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.