ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO‘LIMI



Bo’lim tomonidan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bo‘yicha ijodiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish, texnik va texnologik masalalarni hal qilishda ijodiy yondashish ko‘nikmalarini mujassamlashtirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Avvalo, ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti iqtidorli talabalarining maxsus sahifasi tashkil etildi hamda institut faoliyatiga doir aktual masalalar hamda yoshlarning imkoniyatini yuzaga chiqaradigan respublika va xalqaro tanlovlar, stipendiyalar, grantlar, stajirovkalar haqidagi eʼlonlarni muntazam yoritib borish orqali talabalarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan boxabar bo‘lishi taʼminlandi. Iqtidorli talabalar uchun zamonaviy jo‘shqin kreativ muhit, imkoniyatlar maydoni yaratildi. Yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida erishgan natija va yutuqlari haqida maʼlumotlar berib borildi


Ushbu masalani amalga oshirish natijasida O‘zbekistonda keng ommalashgan tarmoq orqali yangi tashkil etilgan institut iqtidorli yoshlarining axborot maydonidagi imiji shakllantirildi. Shu bilan birga, institut jamoasi iqtidorli talabalar faoliyatiga oid muhim yangiliklardan ham xabardor bo‘lib boradi.


Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi – Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak isteʼdod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob isteʼdodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratis