ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADIRLAR TAYYORLASH BO‘LIMI

SUNNATILLAYEVA ASATILLO SUNNATOVICH

Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i


Qabul vaqtlari: Har ish kuni (16:00-18:00)


Tel.: +998 99 878-27-29


E-mail: assunnatillayev92@bk.ru






DJAMPULATOVA NIGORA MAHMUDOVNA

Lavozimi:O'qituvchiQabul vaqtlari:Dushanba- payshanba

Tel.: +998 97 187 50 00Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

NURMATOVA SEVARA XAYRULLAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:DotsentQabul vaqtlari:Dushanba- juma

Tel.: +998 90 121 91 34Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

RAXMONOVA SAYYORA RAJABOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi: Katta o‘qituvchiQabul vaqtlari:Chorshanba-juma

Tel.: +998 90 021 27 81Dars beradigan fanlariO‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Mumtoz she’riyat asoslari, Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, ya’ni doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar institutlari orqali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish, institutda davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajariladigan amaliy, innovasion, yosh olimlar va fundamental tadqiqotlarning faoliyatini, ularning chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarining tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazoratini olib boradi.

Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, quyidagilarni bajaradi:

- bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi;

- o‘z faoliyatiga oid yillik ish rejasini ishlab chiqadi va ijrosi bo‘yicha hisobotlar shakllantiradi;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini tasdiqlangan dasturlar asosida o‘z vaqtida, sifatli, samarali qilib bajarilishini ta’minlaydi;

- ilmiy-tadqiqot ishlarining hisobotini va ularning natijalarini xalq xo‘jaligiga joriy qilinishini, hamda o‘quv jarayonida qo‘llanilishini xisobga olib, nazorat qiladi;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini axborotlar bilan ta’minlaydi;

- ilmiy-tadqiqot ishlari o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlash, bu mablag‘larni maqsadli samarali sarflanishini nazorat qiladi;

- mustaqil tadqiqotchi, tayanch doktorantura faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- yuqori tashkilotlardan kelgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydi;

- ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va sifatini oshirish, fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash yo‘lida qonun doirasida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilgan barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.


Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi: bo‘lim boshlig‘i hamda ilmiy-tadqiqot ishlari muhandisidan iborat.

Bo‘limga umumiy rahbarlik nizom asosida bo‘lim boshlig‘i tomonidan olib boriladi. Bo‘lim boshlig‘i institut rektori tomonidan tayinlanadi va bo‘shatiladi.

Bo‘lim ish faoliyati institut Kengashi, rektor oldi yig‘ilishlarda muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Bo‘lim xodimlarining tarkibi va soni amalda tasdiqlangan shtat jadvallariga muvofiq shakllantiriladi.

Bo‘lim xodimlarini ishga olish, bevosita bo‘lim boshlig‘ining tavsiyasiga muvofiq o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.


Hozirgi kunda institutda asosiy shtatda 94 nafar professor-oʻqituvchilar pedagogik faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan 7 nafari fan nomzodi, 1 nafar falsafa doktori (PhD), 9 nafari professor hamda 17 nafari dotsent. Joriy yilda faoliyat yuritayotgan asosiy shtatdagi professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati 37,2 % ni tashkil etadi.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining mustaqil izlanuvchi (PhD)larning ish rejalari bo‘yicha amalga oishrayotgan ilmiy izlanishlarini nazorati bo‘yicha har oyda institut rektori huzuridagi rejali uchrashuv amalga oshirib kelinmoqda. Unda tadqiqotchining ilmiy izlanishi bo‘yicha muammo va kamchiliklari batafsil muhkokama qilinib, unga kerakli bo‘lgan zarur va yordamlar berib borilmoqda.

Hozirgi kunda institutda mustaqil izlanuvchi (PhD)lar 6 nafarni tashkil etadi.

Institutda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun alohida “Doktorlik ta’limi markazi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu markazda internet tarmog‘iga ulangan kompyuter jamlanmasidan iborat zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

Professor o‘qituvchilar, doktorant va talabalar uchun Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish hamda ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan jurnallarda chop etishga tayyorlash bo‘yicha “Maslahat markazi” tashkil etilgan.


Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturada о‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga kо‘ra, doktoranturaga esa suhbat natijalariga kо‘ra amalga oshiriladi.

Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga kо‘ra amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplomga ega bо‘lish;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bо‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy ishlar tо‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bо‘lish.


– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.


– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida);

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;

– Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

– ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);

– pasport nusxasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);

– til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (kamida B2).


Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan 2022-yilda 2 ta Scopus jurnallarda, 38 ta Xalqaro jurnallarda, 38 ta OAK e’tirof etgan jurnallarda, 25 ta Xalqaro konferensiya to‘plamlarida, 6 ta Respubublika konferensiyalarda maqolalar nashr etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq “MAQOM” ilmiy-uslubiy jurnali ta’sis etilgan. Ushbu jurnalni OAK tassarrufidagi Respublika jurnallari roʻyxatiga kiritish va elektron variantini ham yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.


Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti rektorining 2021-yil 29-iyuldagi 128-sonli hamda 2021-yil 14-avgustdagi 130-sonli buyruqlari asosida 2 ta ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgan. “Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi”, “Maqom xonandaligi”, “Maqom cholgʻu ijrochiligi”, “Vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedralari huzurida “Oʻzbek milliy musiqa sanʼati ilmiy-tadqiqot markazi” hamda “Doston ijrochiligi” kafedrasi qoshida “Baxshi sanʼati va doston ijrochiligi ilmiy-tadqiqot markazi” oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Shuningdek, kafedralarda faoliyat ko‘rsatayotgan 6 nafar yosh mutaxassislar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ana shu maktablar asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilgan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalar tanlovida ishtirok etish “Innovatsion texnologiyalar asosida baxshichilik maktablari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarni yaratish” mavzusidagi amaliy rasmiy ekspertiza va muhokamadan o‘tib g‘olib bo‘ldi. Loyiha rahbari filologiya fanlari nomzodi, professor v.b Axmedova Oygul Maxamataliyevna.

“Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun brayl alifbosida Salfedjo va Garmoniya darsliklari hamda multimedia mahsulotlari majmuini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-2025-yillarda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilishga mo‘ljallangan loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun taqdim etilgan. Hozirda loyiha rasmiy ekspertizadan o‘tib, muhokama qilinmoqda. Loyiha rahbari san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Begmatov Soibjon Mahmudovich.