Tillar:

Ko'rinish:











Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risida" gi qarori qabul qilindi.

Image
10 daqiqa o‘qiladi
5 Aprel, 2025 12

Soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirishga qaratilayotgan islohotlar oʻz samarasini berib kelmoqda. Bu jarayonda davlat tomonidan taʼlim sohasiga berilgan eʼtibor, xususan, davlat grantlarini taqsimlashdagi zamonaviy yondoshuvlarning joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martda qabul qilingan 149-sonli qarori oliy taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, grantlarni adolatli va samarali taqsimlash hamda yoshlarga teng imkoniyatlar yaratishda muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Mazkur qaror doirasida iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish, talabalar oʻrtasida raqobat muhitini yaratish mexanizmi takomillashtirilib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoni yanada rivojlantirilmoqda. Qarorga koʻra, oliygohlarda davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ijtimoiy faol talabalarga taʼlim granti toʻliq va toʻliq boʻlmagan shakllarda taqdim etiladi. Shuningdek, mazkur hujjatga koʻra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan ayrim toifadagi talabalarga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi. Ushbu toifadagi talabalar oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab ikki turdagi grantdan foydalanishi mumkin. Birinchi turdagi grant orqali ularning kontrakt toʻlovi Davlat byudjetidan toʻliq qoplanadi, ikkinchi turdagi grantda esa moliyaviy mustaqil oliygohlarning mablagʻlari hisobidan kontrakt summasining maʼlum bir qismi qoplab beriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risida"gi NIZOMga muvofiq, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutiga 2024-2025-o'quv yiliga qabul qilingan talabalar uchun 2025-2026-o'quv yiliga Grantlar taqsimoti quyidagicha;.

Image
10 daqiqa o‘qiladi
5 Aprel, 2025 12
BIZNI KUZATING