Axborot resurs markazi

UMURBAYEVA SURAYYO XASANOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent


Lavozimi: ARM direktori


Qabul vaqtlari: Har ish kuni (9:00-17:00)


Tel.:+998 97 446-80-61






DJAMPULATOVA NIGORA MAHMUDOVNA

Lavozimi:O'qituvchiQabul vaqtlari:Dushanba- payshanba

Tel.: +998 97 187 50 00Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

NURMATOVA SEVARA XAYRULLAYEVNA

Ilmiy darajasi va unvoni:Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:DotsentQabul vaqtlari:Dushanba- juma

Tel.: +998 90 121 91 34Dars beradigan fanlariXorijiy til (ingliz tili)

RAXMONOVA SAYYORA RAJABOVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi: Katta o‘qituvchiQabul vaqtlari:Chorshanba-juma

Tel.: +998 90 021 27 81Dars beradigan fanlariO‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi, Mumtoz she’riyat asoslari, Maqom turkumidagi g‘azallar poetikasi

Institutning Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Axborot-resurs markazi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi. Axborot-resurs markazi oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmasi sifatida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo‘ysunadi. Axborot-resurs markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va Hay’at qarorlariga, oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari qarorlari va buyruqlariga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi ustavi va ta’lim muassasasi rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalari hamda ushbu Nizomga amalga qiladi. Axborot-kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalarida belgilanadi.Foydalanish qoidalari har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi. Institut Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi. Institut Axborot-resurs markaziga umumiy, tashkiliy-metodik rahbarlik, uning ishini muvofiqlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.


Quyidagilar Axborot-resurs markazining asosiy vazifasi hisoblanadi: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot olishning manbai, shakli va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, aholining intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish; Axborot-resurs markazi faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga axborot-resurs markaz xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda Axborot-resurs markazini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish; Axborot-resurs markazi faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan Axborot-resurs markazi resurslarini almashish va o‘zaro foydalanish borasida turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikni ta’minlash; talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlarini yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida Axborot-resurs markazi faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash; foydalanuvchilarga Axborot-resurs markazining resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga ulangan holda markazning yig‘ma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish hamda yuritish; Axborot-resurs markazi fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldirib borish, nodir va alohida qimmatli nashrlarning ehtiyotlab saqlash, qo‘lyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish; yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, Axborot-resurs markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.


Axborot resurs markazining fondida jami 1249 nomda 5406 sondagi adabiyotlar mavjud bo‘lib, ulardan 132 nomda 643 sonda darslik, 345 nomda 1882 sonda o‘quv qo‘llanmalar, 327 nomda 1461 sonda badiiy adabiyotlar va 445 nomda 1420 sonda bashqa adabiyotlar. Yangi kelgan professor-o‘qituvchi va talabalar a’zo bo‘lishyapti. Shu kunga qadar 92 ta professor-o‘qituvchilar va 520 ta talabalar a’zo bo‘lishdi. Biz talabalarni kutubxonaga jalb qilish maqsadida, yangi kelgan kitoblar taqdimoti, yangi kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etib kelamiz. Axborot resurs markazida elektron kanali mavjud bo‘lib, unga ko‘pchilik professor-o‘qituvchi va talabalar a’zo bo‘lishgan. Axborot resurs markazida 4ta xodim ish olib boradi. Axborot resurs markazi 3 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, O‘quv zali, Kompyuter zali, Kitob tarqatish bo‘limi. O‘quv zali -24 o‘ringa mo‘ljallangan. Kompyuter zali -7 ta kompyuter mavjud. Ko‘zi ojiz talabalar uchun- 1ta kompyuter Axborot resurs markazi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan va to‘liq internet tarmog‘iga ulangan. Ulardan: Kompyuter -8 ta Printer -1ta Skayner -1ta Nusxa ko‘chirish moslamasi -1ta Axborot resurs markazida elektron kanali mavjud bo‘lib, unga ko‘pchilik professor-o‘qituvchi va talabalar a’zo qilingan. Elektron kanal orqali ARM fondida mavjud adabiyotlarni elektron PDF shakli joylab kelinmoqda. Xozirda kanalimizda 3620 dan ortiq elektron adabiyotlar mavjud. Axborot resurs markazida xar yili uchun obuna tashkillashtirilib boriladi. Bulardan, “Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat”, “Yangi O‘zbekiston”, “Madaniyat” gazetalari, “Teatr”, “Guliston”, “Moziydan sado”, “Musiqa”, “Yosh kuch” jurnallari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli qarorining 11-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taklifiga binoan 21-mayni “Kutubxonachilar” kuni deb belgilandi. Institutimiz talabalari va barcha bo‘limlar bilan hamkorlikda “O‘quv yilining faol talabasi” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkaziladi. Axborot resurs markazida mavjud adabiyotlarni to‘liq inventarizatsiyasi o‘tkazildi. Fan dasturidagi adabiyotlat ro‘yxati bilan solishtirib tahlil qilish ishlari amalga oshirilib borilmoqda.